platina.uz
Jamiyat

Sanksiyadan qochish uchun Oʻzbekiston orqali Rossiyaga "zapchast" sotgan shaxs ushlandi

Ukraina urushi boshlanishidan oldin Rossiya ushbu kompaniya mahsulotlari uchun asosiy bozor edi. 

Sanksiyadan qochish uchun Oʻzbekiston orqali Rossiyaga "zapchast" sotgan shaxs ushlandi

Niderlandiya fiskal axborot va tergov xizmati sanksiyalarni chetlab oʻtib, Oʻzbekistondan Rossiyaga kompyuter qismlarini yetkazib berishda ayblangan erkakni ushladi.

Bu haqdagi xabar tashkilot saytida eʼlon qilingan.

Erkak 11 iyul kuni qoʻlga olingan. 14 iyul kuni sud uni 14 kunga hibsga oldi. Uning uyida va omborlarida boʻlgan tovarlar esa musodara qilingan.

Ukraina urushi boshlanishidan oldin, Rossiya ushbu kompaniya mahsulotlari uchun asosiy bozor edi.

Tergov maʼlumotlariga koʻra, 2022 yil 26 fevralda Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy etilganidan soʻng, erkak Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Moʻgʻuliston, Oʻzbekiston, Turkiya va Birlashgan Arab Amirliklari orqali Rossiya Federatsiyasiga butlovchi qismlar yetkazib bera boshlagan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid