platina.uz
Iqtisod

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qator soliqlardan ozod etiladi

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi qator soliqlardan ozod etiladi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ–857, 18.07.2023 y.) bilan Soliq kodeksining 483-moddasiga qoʻshimcha kiritildi, unga koʻra bir qator tashkilotlarga soliq imtiyozlari beriladi.

Shunga koʻra, 2026 yil 1 yanvargacha Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi, uning hududiy boʻlinmalari, “Oʻzbekiston Professional futbol ligasi” jamoat birlashmasi, Oʻzbekiston futbol hakamlari markazi va professional futbol klublari quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi:

- barcha turdagi soliqlarni (bundan ijtimoiy soliq mustasno);

- oʻzi jalb qilgan chet el mutaxassislari va futbolchilarining daromadlaridan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini;

- Oʻzbekistonga olib kiriladigan, Oʻzbekistonda oʻxshashi ishlab chiqarilmaydigan sport asbob-uskunalari va inventari, translyatsiya qilish uchun zarur boʻlgan asbob-uskunalar, inventar va texnika, farmakologiya tovarlari, sport oziq-ovqatlari, futbol (futzal) maydonlari uchun sunʼiy oʻtlar, shokpad, granulalar, maxsus yelimlar va maxsus professional sport kiyim-boshlari, transport vositalari, shu jumladan maxsus transport vositalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid