Toshkent shahar hokimiga yangi oʻrinbosar tayinlandi
U Toshkent moliya institutini va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.

Obidov Sanjar Omonxoʻjayevich Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari etib tayinlandi.
Bu haqda poytaxt hokimligi xabar berdi.
Sanjar Obidov 1986 yilda Fargʻona viloyatida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy. Toshkent moliya institutini va Buyuk Britaniyaning Sterling universitetini tamomlagan.
Bugunga qadar qator masʼul lavozimlarda – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Pedagog kadrlar sifati nazorati, taʼlim hujjatlarini legallashtirish, tan olish va nostrifikatsiya qilish bosh boshqarmasi boshligʻi, Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligi direktori v.v.b boʻlib ishlagan.