Qrim koʻprigida favqulodda holat: portlash oqibatida odamlar halok boʻlgan
Rossiya hududini Qrim bilan bogʻlab turuvchi koʻprikda “favqulodda vaziyat” tufayli harakat toʻxtatilgan.

Rossiya anneksiya qilgan Qrim koʻprigida “favqulodda vaziyat” tufayli transport harakati toʻxtatildi. Mahalliy manbalar portlashlar haqida xabar bergan.
Rossiya hududini Qrim bilan bogʻlab turuvchi koʻprikda “favqulodda vaziyat” tufayli harakat toʻxtatilgan. Kerchdagi manbalar ikkita portlash sodir boʻlganini xabar qilmoqda.
"Qrim koʻprigida transport harakati toʻxtatildi: Krasnodar oʻlkasidan 145-koʻmak hududida favqulodda holat yuz berdi", deb yozdi Qrim hukumati rahbari Sergey Aksyonov.
Maʼlumotlarga koʻra, Belgorod viloyatidan boʻlgan er vaxotin portlashlarda halok boʻlgan, yosh qizaloq esa ogʻir jarohatlangan.
Rossiya transport vazirligiga koʻra, koʻprikning asfalt qismiga zarar yetgan. Koʻprikning muhim tayanch qismlariga zarar yetgani haqida maʼlumotlar yoʻq.
Hozirda koʻprik boʻylab juda katta tirbandliklar vujudga kelgan. Mahalliy hukumat Rossiya okkupatsiya qilgan Xerson viloyati orqali Qrimga kelishni tavsiya qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2022 yil 8 oktabr kuni ham koʻprikda yirik portlash yuz bergan va besh kishi halok boʻlgandi. Ukraina va Rossiya ushbu portlashda bir-birini aylab chiqqandi.