platina.uz
Jamiyat

Qashqadaryoda ichimlik suvi narxi 2 baravar oshiriladi

Bu boʻyicha viloyat deputatlari kengashi qarori eʼlon qilingan.

Qashqadaryoda ichimlik suvi narxi 2 baravar oshiriladi

Qashqadaryo viloyatida 1 m³ ichimlik suvi va oqova suv xizmatlari narxlari oʻzgardi.

Bu boʻyicha viloyat deputatlari kengashi qarori eʼlon qilingan.

Aholi isteʼmolchilariga 1 m³ ichimlik suvi narxi 2000 soʻm, oqova suvdan foydalanganlik 1 m³ uchun 1000 soʻm etib belgilandi.

Yangi tariflar qaror OAVda rasman eʼlon qilingandan 15 kun oʻtgach, kuchga kirishi aytilgan.

Eslatib oʻtamiz, bir necha kun avval Surxondaryoda ham ichimlik va oqova suvlari narxi oshirilgani xabar berilgandi. Surxondaryoliklar 28 iyuldan boshlab yangi tariflarda haq toʻlaydilar.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid