platina.uz
Jamiyat

Turkiyada davlat toʻntarishi boʻlgan kun

Platina.uz 15 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Turkiyada davlat toʻntarishi boʻlgan kun

Platina.uz 15 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Butunjahon yoshlar malakasi kuni.

Turkiyada Demokratiya va Milliy birlik kuni – 2016 yil Turkiyada FETO terroristik tashkiloti tomonidan sodir etilgan va turk xalqining gʻalabasi bilan yakunlangan davlat toʻntarishi boʻlgan kun.

Voqealar

  • 1920 yil – pul tanqisligi kuchayganini hisobga olib, Turkiston hukumati 5000 rubllik vaqtinchalik kredit biletlarini chiqardi. Tarixchi R.Toʻxtayevaning qayd etishicha, yirik pul birliklari Turkiston bozorida keng qoʻllanila boshlandi. Muomaladagi barcha pullarning 45 foizini 1000 va 5000 rubllik kupyuralar tashkil etdi. Ular ommaviy ishlatiladigan kupyuralarga aylandi. Ammo bu tadbirlar Turkiston iqtisodini izga solish yoki pul jamgʻarishni qulaylashtirish uchun emas, balki oʻlkada kechayotgan iqtisodiy inqirozni biroz yumshatish maqsadida amalga oshirildi.
  • 1925 yil – Xiva shahrida xotin-qizlar bilim yurti ochildi. Mazkur pedagogika texnikumi oʻz faoliyatini dastlab Ali Mahramning, keyinchalik Nurmurat Mahramning tortib olingan uyida davom ettirdi.
  • 1933 yil – Italiya, Germaniya, Angliya va Fransiya umumiy xalqaro muammolar boʻyicha muvofiqlashtirilgan harakatlar toʻgʻrisida toʻrtlik paktini imzoladilar.
  • 1934 yil – Germaniyada ingliz gazetalari taqiqlandi.
  • 1937 yil– Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi birinchi kotibi Akmal Ikromov SSSR Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi bosh kotibi Iosif Stalinga Toshkentdan 1263/sh-sonli shifir telegramma yoʻlladi. Unda barcha oʻzbek rahbar xodimlari tekshirib chiqilgani, Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (hukumat) raisi boʻlishi mumkin boʻlgan ikki nomzod tanlab olingani, ular partiyaga, stalincha Markaziy Qoʻmitaga soʻssiz sadoqatli ekani aytilgan.
  • 1965 yil – AQSh Kongressi sigaret qutilariga sogʻliq toʻgʻrisida ogohlantirishni chop etishni talab qiluvchi qonunni qabul qildi.
  • 1977 yil – Dengizda toʻqnashuvlarning oldini olish boʻyicha xalqaro qoidalar toʻgʻrisidagi konvensiya kuchga kirdi.
  • 1996 yil– Oʻzbekiston Efiopiya Federativ Demokratik Respublikasi bilan diplomatik munosabatlarini oʻrnatdi.
  • 2002 yil – Savdo jarayonida evro kursi dollarga yetdi (bir evro uchun 1,0018 dollar). Yagona Evropa valyutasi 2000 yil fevralidan beri birinchi marta dollar bilan paritetga erishdi.
  • 2006 yil – Twitter mikrobloglar xizmatiga asos solingan.
  • 2009 yil – Erondan Armanistonga uchayotgan Tu-154 samolyoti halokatida 168 kishi halok boʻldi.
  • 2016 yil – Turkiyada harbiy toʻntarishga urinish boshlangan. Bu kun Turkiya tarixida qonli fojea sifatida yodga olinadi. Turkiya Qurolli kuchlari ichiga sizib olgan va Fetullaxchi terroristik tashkiloti (FETÖ) aʼzosi boʻlgan harbiylar tomonidan amalga oshirilgan davlat toʻntarishiga urinishning maqsadi Prezident Rajab Toyyib Erdoʻgʻanga suiqasd uyushtirish, konstitutsion tuzum va parlament tizimini agʻdarish boʻlgan.

Bu urinish chogʻida Anqara va Istanbulda bir vaqtda boshlangan boʻlib, Istanbulda Boʻgʻozichi va Fotih Sulton Mehmet koʻpriklari, Otaturk nomidagi aeroport va Viloyat Ichki ishlar Boshqarmasi zabt etildi, Anqarada esa Milliy xavfsizlik tashkiloti, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Goʻlbashi politsiya maxsus xizmat markazi kabi strategik idoralarga bombali hujumlar uyushtirildi.

Jumhuriyat tarixida ilk marta Prezident Devoni, Bosh vazir devoni va Turkiya Buyuk Millat Majlisiga qurollangan toʻda tomonidan qoʻlga kiritilgan samolyotlardan bomba yogʻdirildi. Buning natijasida tinch aholi vakillaridan 250 kishi halok boʻldi, 2000 dan ortigʻi esa yaralandi.

Prezident Erdoʻgʻan oʻz murojaatida xalqini demokratiyasi va milliy irodasini himoya qilish uchun koʻchalarga chiqib, bu terroristik harakatga qarshi turishga chaqirdi va Turkiyaning barcha viloyatlarida yuzminglab xalq toʻntarishchilarga toʻsqinlik qilish uchun koʻchalarga chiqishdi.

Turk xalqining demokratiyani himoya qilish maqsadida koʻrsatgan qarshiligi butun dunyonining diqqatiga sazovor boʻldi.

Tavalludlar

  • 1949 yil – rejissyor, Oʻzbekiston xalq artisti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Rustam Hamidov;
  • 1961yil – futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hozirda Oʻzbekiston U-22 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov;
  • 1962yil – jurnalist, yozuvchi, tarjimon, sobiq deputat, parlament aʼzosi va siyosatchi, 90-yillar jurnalistikasi va siyosati tarixidagi koʻp qirrali shaxs, Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi Jamoatchilik kengashi raisi Karim Bahriyev;
  • 2004yil – oʻzbek futbolchisi, “Neftchi” klubi va Oʻzbekiston U20 futbol terma jamoasi darvozaboni Asrorbek Kenjayev.
© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid