Oʻzbekistonliklar isteʼmol qilayotgan muzqaymoqlar qaysi davlatlarda tayyorlanmoqda? Raqamlar
Muzqaymoq mahsulotlari importi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 158 tonnaga oshgan.

Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda oʻzbekistoniklar isteʼmol qilayotgan muzqaymoqlarning asosiy qismi Rossiya va Qozogʻistonda ishlab chiqarilmoqda.
2023 yilning yanvar-may oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlardan qiymati 3,5 mln AQSh dollariga teng boʻlgan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarini import qilgan.
Muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlari importi 2022 yilning mos davri bilan solishtirilganda 158 tonnaga oshgan.
2023 yilning 5 oyida Oʻzbekistonga import qilingan muzqaymoq va muzqaymoq mahsulotlarinining eng katta ulushiga ega boʻlgan davlatlar:
Rossiya – 458 tonna
Qozogʻiston – 164 tonna
Belarus R. – 36 tonna
Qirgʻiz R. – 33 tonna
Estoniya – 27 tonna
Litva – 8,6 tonna
Fransiya – 7,4 tonna.