Isroil bosh vaziri hushini yoʻqotib, ogʻir jarohat olgani aytilmoqda
U 2022 yil dekabr oyi oxiridan Isroil hukumatiga rahbarlik qilib kelayotgandi.

Isroil matbuoti xabariga koʻra, Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu shifoxonaga yotqizilgan.
Walla nashrining shifoxonadagi manbalariga tayanib yozishicha, Netanyaxu uyda hushini yoʻqotib, yiqilib, boshini qattiq urib olgan, shundan soʻng u tez yordam mashinasida shifoxonaga olib kelingan.
Bosh vazir idorasi uning ahvoli yaxshi ekanini taʼkidlab, Tel-Aviv chekkasidagi Sheba kasalxonasida tibbiy koʻrikdan oʻtayotganini aytdi.
Netanyaxu ayni damda 73 yoshda. U 2022 yil dekabr oyi oxiridan Isroil hukumatiga rahbarlik qilib kelayotgandi.
Bungacha siyosiy arbob 1996-99 va 2009-2021 yillarda ikki marta hukumatni boshqargan.




