platina.uz
Iqtisod

"Tashabbusli byudjet"ning 2-mavsumi qachon boshlanishi maʼlum boʻldi

Birinchi mavsum 2023 yil aprel oyida yakunlangandi. 

"Tashabbusli byudjet"ning 2-mavsumi qachon boshlanishi maʼlum boʻldi

"Tashabbusli byudjet" jarayonining joriy yilgi 2-mavsumi 17 iyuldan boshlanadi.

Bu mavsum uchun tuman (shahar) byudjetlari hisobidan 1 trln. soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilishi kutilmoqda. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

  • 1-bosqich — fuqarolar tomonidan loyihalarni shakllantirish jarayonlari 17 iyuldan 6 avgustgacha;
  • 2-bosqich — loyihalarni maxsus komissiya tomonidan saralab olish jarayonlari 6 avgustdan 26 avgustgacha;
  • 3️-bosqich — loyihalarga ovoz berish jarayonlari 26 avgustdan 15 sentabrgacha oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2023 yil 1-mavsumi aprel oyida yakunlangandi. Unda Oʻzbekiston boʻylab “Open Budjet” portali orqali 33 680 ta tashabbus uchun 16 milliondan ortiq ovoz berildi va 1666 ta loyiha gʻolib deb topildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid