"Oʻzsuvtaʼminot"ga vaqtincha rahbar tayinlandi
Eslatib oʻtamiz, "Oʻzsuvtaʼminot"ning avvalgi rahbari S.Saifnazarov prezident oʻtkazgan yigʻilishda ishdan olingandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining 2023 yil 13 iyuldagi qaroriga asosan Azimov Dilshod Surʼatovich "Oʻzsuvtaʼminot" AJ Boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi yetib tayinlandi.
Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.
Dilshod Azimov avval Uy-joy va kommunal xizmat koʻrsatish vazirligida faoliyat olib borgan.
Eslatib oʻtamiz, "Oʻzsuvtaʼminot"ning avvalgi rahbari Sohib Saifnazarov prezident oʻtkazgan yigʻilishda ishdan olingandi.
Bunga amaldorlarning investitsiyalarni jalb qilish va ularni oʻzlashtirishda sustkashlikka yoʻl qoʻygani sabab qilib keltirilgan.




