platina.uz
Jamiyat

200 ming soʻmlik pul chiqqan kun

Platina.uz 13 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

200 ming soʻmlik pul chiqqan kun

Platina.uz 13 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Chernogoriyada davlatchilik kuni.

Voqealar

  • 1728 yil — birinchi Kamchatka ekspeditsiyasi boshlandi.
  • 1897 yil — Giulelmo Marconi radioga patent oldi.
  • 1923 yil — Gollivud belgisi oʻrnatildi.
  • 1930 yil — Urugvayda FIFA Jahon chempionati boshlandi.
  • 1938yil – Bostonda birinchi teleteatr ochildi. 25 sent evaziga 200 tomoshabin 45 daqiqaroq qoʻshiq va shousini tomosha qilishi mumkin edi.
  • 1974 yil – "Paxtakor" mashhur oʻyinlardan birini Kiyevda "Dinamo"ga qarshi oʻtkazgan. Oʻsha paytlari Yevropada ham kuchli klublardan biri sanalgan kiyevliklar bilan safardagi bellashuvda 1:1 hisobi qayd etilgan.
  • 2007 yil – Rossiya prezidenti Vladimir Putin Yevropada oddiy qurolli kuchlar toʻgʻrisidagi shartnomaga moratoriyni imzoladi.
  • 2018 yil – Yangi zelandiyalik olimlar Jenevada uch oʻlchamli rangli tasvirlarni olishga qodir rentgen apparatini taqdim etdilar.
  • 2022 yil – Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eron Islomiy Kengash Majlisining raisi Muhammad Bagir Qolibofni qabul qildi. Ikki mamlakat oʻrtasidagi koʻp qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish hamda mintaqaviy sheriklikni rivojlantirish masalalari koʻrib chiqildi.
  • Markaziy bank 15 iyuldan 200 ming soʻmlik banknota muomalaga chiqarilishini maʼlum qildi. Mazkur banknota «Buyuk Ipak yoʻli» hamda Fargʻona vodiysining qadimiy tarixiga bagʻishlangan.

Tavalludlar

  • 1930yil – biolog-botanik olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, professor Abdumavlon Abdullayev;
  • 1942 yil – amerikalik aktyor va prodyuser, Oscar va BAFTA mukofotlari berilgani Harrison Ford;
  • 1962 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qoʻmitasi raisi Dilorom Fayziyeva;
  • 1984 yil – Adige yunon-rum kurashchisi, Osiyo va Osiyo oʻyinlari, jahon chempionatlari chempiondori Rustam Assakalov;
  • 1988yil – 52 kg gacha vazn toifasida oʻzbek dzyudochisi, XXXI yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, Osiyo chempioni, jahon chempionati va jahon oʻyinlari sovrindori, dzyudo boʻyicha “Katta dubulgʻa” turkumiga kiruvchi birinchi oʻzbek qiziDiyora Keldiyorova;
  • 1989yil– oʻzbek siyosatchisi, filolog, deputat, Oʻzbekiston Ekologik partiyasining aʼzosi Kamol Jumaniyozov.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid