platina.uz
Jahon

Yevropada chaqaloqlar oʻrtasida xavfli virus tarqalmoqda

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar orasida kasallanish va asoratlarning bunday oʻsishi noodatiy hisoblanadi.

Yevropada chaqaloqlar oʻrtasida xavfli virus tarqalmoqda

JSST Yevropaning oltita davlatida exovirus-11 bilan kasallangan yangi tugʻilgan chaqaloqlar soni ortib borayotganini maʼlum qildi.

Gap Buyuk Britaniya, Ispaniya, Italiya, Fransiya, Xorvatiya va Shvetsiya haqida bormoqda, deb yozadi La Razon gazetasi. Birgina may oyida Fransiyada yetti nafar bola ogʻir Ye-11 sepsisidan vafot etgan.

Umuman olganda, JSST maʼlumotlariga koʻra, 2016 yildan 2022 yilgacha chaqaloqlar orasida Ye-11 infeksiyasi bilan kasallanganlar soni boshqa infeksiya holatlariga nisbatan 6,2 foizdan 55 foizgacha oʻsgan.

Yangi tugʻilgan chaqaloqlar orasida kasallanish va asoratlarning bunday oʻsishi noodatiy hisoblanadi.

Ekxovirus — turli yuqumli xastaliklarni keltirib chiqaruvchi, oʻzida ribonuklein kislotalar saqlovchi enteroviruslar (ichak viruslari) guruhiga mansub.

U ichak, markaziy nerv tizimi, yurak va boshqa aʼzolarning zararlanishi bilan kechadigan turli kasalliklarga sabab boʻladi. Enteroviruslar tashqi muhitda uzoq vaqt yashash qobiliyatini saqlaydi, kislotaga chidamli.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid