Xitoyning Oʻzbekistondagi yangi elchisi tayinlandi
Avvalgi elchi Szyan Yan joriy yilning fevral oyida besh yillik diplomatik missiyasisini yakunlangandi.

Yuy Szyun Xitoyning Oʻzbekistondagi yangi elchisi etib tayinlandi. Bu haqda elchixona rasmiy saytida xabar berilgan.
Yuy Szyun 1972 yil avgust oyida tugʻilgan, bundan avval TIVning tegishli boʻlim va idoralarida, shuningdek, Xitoyning xorijdagi elchixonalari va konsulliklarida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz, avvalgi elchi Szyan Yan joriy yilning fevral oyida besh yillik diplomatik missiyasisini yakunlangandi.