“Real” bosh murabbiyi sud oldida javob beradi
Nashrning yozishicha, allaqachon “Real” ustoziga qarshi tergovni yakunlanmoqda.

Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 400 ming yevroga yaqin soliq toʻlashdani boʻyin tovlashda ayblanib sudga tortiladi, deb xabar bermoqda El Mundo nashri.
Nashrning yozishicha, allaqachon “Real” ustoziga qarshi tergovni yakunlanmoqda. Anchelotti "qaymoqranglilar"ning birinchi boshqaruvidayoq daromadining bir qismini yashirgan.
Anchelotti "Real"da 2021 yildan beri ishlaydi. Bu vaqt ichida u jamoani Ispaniya chempionatida gʻalaba qozonishga muvaffaq boʻldi, mamlakat kubogi va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. U avvalroq 2013-2015 yillarda klubda ishlagan.
Oʻtgan mavsumda "Real Madrid" Ispaniya chempionatini ikkinchi oʻrinda yakunladi. Madridliklar gʻolib “Barselona”dan 10 ochkoga ortda qolishdi. “Atletiko” esa kuchli uchlikka yakun yasadi.
Chempionlar ligasida Karlo Anchelotti shogirdlari yarim finalgacha yetib bora olishdi va yakunda turnir gʻolibiga aylangan “Manchester Siti”ga imkoniyatni boy berishdi.
Endilikda Anchelotti Braziliya termasida ish boshlashi kutilmoqda.