platina.uz
Jahon

“Tolibon” Shvetsiyadan uzr soʻrashni talab qilib chiqdi

Bundan tashqari, Afgʻoniston islom davlatlarini Shvetsiya bilan oʻzaro munosabatlarini qayta koʻrib chiqishga chaqirdi.

“Tolibon” Shvetsiyadan uzr soʻrashni talab qilib chiqdi

Afgʻonistonda hukmron “Tolibon” harakati Shvetsiyaga aloqador tashkilotlarning Afgʻonistondagi faoliyatini Stokgolmda Qurʼon yoqib yuborilgani sababli toʻxtatdi.

Bu haqda madaniyat vazirligi vakili bayonotida aytiladi.

“Islom amirligi Shvetsiyada Qurʼoni Karim va musulmonlar eʼtiqodini haqorat qilganidan soʻng Shvetsiyaning Afgʻonistonga bogʻliq har qanday faoliyatini toʻxtatib qoʻydi”, — deyiladi xabarda.

Choralar Shvetsiya tomoni “bu jirkanch harakat” uchun musulmonlardan kechirim soʻramaguncha oʻz kuchida qoladi.

Tegishli afgʻon tashkilotlariga "Tolibon" buyrugʻini bajarish topshirildi. Bundan tashqari, Afgʻoniston islom davlatlarini Shvetsiya bilan oʻzaro munosabatlarini qayta koʻrib chiqishga chaqirdi.

Eslatib oʻtamiz, iyun oyi oxirida Stokgolmda asli iroqlik 37 yoshli Salvan Momika Qurʼonni yoqib yuborgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid