Kompromatuzb ishi jabrlanuvchilari eʼlon qilindi
Shuningdek, roʻyxatdan ayrim tashkilotlar, hokimliklar matbuot kotiblari oʻrin olgan.

Kompromatuzb ishi doirasidagi sud 18 iyul kuni boʻlib oʻtishi maʼlum qilindi, shuningdek Oliy sud 19 nafar jabrlanuvchi roʻyxatini eʼlon qildi.
Ular orasida sobiq bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov va tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq rahbari Afzal Irmatov ham bor.
Shuningdek, roʻyxatdan ayrim tashkilotlar, hokimliklar matbuot kotiblari oʻrin olgan.
Cud Toshkent shahar Shayxontohur tumani sudida koʻrib chiqiladi.
Tasdiqlangan ayblov xulosasiga koʻra mazkur jinoyat ishi boʻyicha 19 nafar jabrlanuvchi va 10 nafar fuqaroviy daʼvogar mavjud boʻlib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 138 000 000 soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgani aniqlangan.
Eslatib oʻtamiz, shu yil yanvarda Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Telegram messenjeridagi Kompromat.uzb va boshqa kanallar orqali amalga oshirilgan jinoyatlarga aloqadorliklari sababli bir necha shaxslarni ushlagandi.