AT "Aloqabank" shijoatkor va tajribali nomzodlar oʻrtasida tanlov eʼlon qiladi!
Aloqabank HR departamentiga bir qator lavozimlarga nomzodlar tanlovini eʼlon qildi.
Aloqabank HR departamentiga quyidagi lavozimlarga nomzodlar tanlovini eʼlon qiladi:
- Mehnat unumdorligini baholash menejeri;
Tajribali, professional jamoada shaxsiy rivojlanish istagida boʻlgan hamda professional jamoa shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida faol ishtirok etishni xohlovchi nomzodlarni kutib qolamiz!
Mehnat unumdorligini baholash menejeri lavozimi nomzodlariga qoʻyilgan minimal talablar:
Maʼlumoti: Bakalavr
Mutaxassisligi: Iqtisodiy, informatika, amaliy matematika
Ish tajribasi:
Mehnat unumdorligini baholash va mehnatga haq toʻlash yoʻnalishida kamida 3 yil ish tajribasiga ega boʻlishi;
Chet tillarini bilish darajasi:
Rus tili: ogʻzaki va yozma muloqot qila olish;
Ingliz tili: ogʻzaki va yozma muloqot qila olish (ustuvorlik beriladi);
Kasbiy bilimlar:
- Mehnatga haq toʻlash tarkibiy qismlari, turlari, mohiyatini tushunishi;
- Mehnatga haq toʻlashning zamonaviy usullari va vositalarini amaliyotda faol qoʻllay olishi;
- Bank operatsiyalari mohiyatini tushunishi;
- Moliyaviy natijalar va samaradorlik koʻrsatkichlarini tahlil qilish koʻnikmalariga ega boʻlishi;
- Samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (KPI) tizimining mohiyatini tushunishi;
- Maqsadlarni belgilash va monitoring qilish tamoyillari va usullarini bilishi;
- Mehnat unumdorligini boshqarish tizimini tushunishi;
Kompetensiya:
Masʼuliyatni oʻz zimmasiga olish;
Rejalashtirish va ishlarni tashkil etish;
Shaxsiy rivojlanish;
Tahlil qilish;
Jamoada ishlash;
Muloqotga kirishuvchanlik;
Maqsadga erishish;
Tanqidiy fikrlash;
Stressga bardoshlilik;
Diqqatlilik va sinchkovlik;
Yuqori ish yuklamasida ishlash;
Ish joyi: Toshkent shahri
Ish haqi: Suxbat natijasiga koʻra
Tanlovda ishtirok etishni xohlovchilar joriy yilning 15 iyuliga qadar quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishlari mumkin:
HR@aloqabank.uz
Telefon: Ichki: 318 Tashqi: 71 232 83 38
Reklama