Ukraina NATO bilan hamkorlik qilgan kun
Platina.uz 9 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 9 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Bugun Oʻzbekistonda muddatidan oldin prezident saylovi boʻlib oʻtmoqda.
Voqealar
- 1401 yil– qirq kunlik qamaldan soʻng Amir Temur qoʻshinlari Bagʻdod shahrini ikkinchi marta egalladi.
- 1816 yil – Argentina Ispaniyadan mustaqilligini eʼlon qildi.
- 1850 yil – AQSh prezidenti Zakari Teylor xom meva va muzli sut isteʼmol qilgandan keyin vafot etdi; uning oʻrnini vitse-prezident Millard Fillmor egalladi.
- 1877 yil – Uimbldon birinchi chempionati boshlandi.
- 1918 yil – "Buyuk poyezd halokati" – Qoʻshma Shtatlardagi eng yomon temir yoʻl halokati sodir boʻldi.1918 yilgi Neshvil halokatiBuyuk poyezd halokati sifatida tanilgan, 9iyul seshanba kuni ertalab Tennessi shtatining Nashvill shahrida, Nashvill, Chattanoga va Sent-Luterning bir yoʻl uchastkasida yirik temir yoʻl halokati sodir boʻlgan edi. Halokatda jami 101 kishi – 87 yoʻlovchi va 14 temir yoʻl ishchisi halok boʻldi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, bu AQSh tarixidagi eng yirik temir yoʻl halokatidir.
- 1923 yil– Turkiston Respublikasi Mehnat Xalq Komissarligi oʻzining 50-sonli maxsus qarori bilan «Inqilobiy bayramlar va dam olish kunlari»ni belgiladi.
- 1937 yil– Stalin bilan shaxsan uchrashish niyatida Moskvaga borgan Oʻzbekiston hukumati raisi Fayzulla Xoʻjayev Moskvadagi «Natsional» mehmonxonasida qamoqqa olindi va Lefortovo qamoqxonasiga tashlandi. Unga sovet hokimiyatiga qarshi «aksilsovet oʻng troskiychi blok» faoliyatiga qoʻshilganlik hamda «Milliy Ittihod» yashirin tashkiloti faoliyatiga 1921–1924 yillarda rahbarlik qilganlik, «bosmachilik» harakati va qoʻrboshilarni qoʻllab-quvvatlaganlik, Fitrat, Choʻlpon, Abdulla Qodiriy va boshqa oʻzbek ziyolilariga gʻamxoʻrlik koʻrsatganlik kabi ayblovlar qoʻyildi.
- 1945 yil – Oʻrta Osiyo harbiy okrugi 2 qismga – Qozogʻistonning katta qismini qamrab olgan Dasht okrugi va Oʻrta Osiyoning 4 ta respublikasi hududlarini qamrab olgan Turkiston harbiy okrugiga boʻlindi. 1946 yil 13 fevralda Dasht okrugi tarqatilib, uning hududi Turkiston harbiy okrugi tarkibiga kiritildi.
- 1957 yil – davriy sistemaning 102-elementi - nobeliy topildi.
- 1997 yil – Ukraina NATO bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi.
- 2002 yil – Buyuk Britaniyada shifokorlarning eʼtiborsizligi natijasida sunʼiy urugʻlantirish klinikasida oq tanli juftlikdan qora tanli egizaklar dunyoga keldi. Ota-onalarning fikricha, laboratoriya xodimlari probirkalarni aralashtirib yuborgan.
- 2012 yil– Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Nodir, alohida qimmatli va noyob nashrlar saqlanishini taʼminlash, ularning fondini tizimli koʻpaytirish va boyitish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
- 2019 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining «Matematika taʼlimi va fanlarini yanada rivojlantirishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
- Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Toshkent kimyo-texnologiya institutining Yangiyer filialini tashkil etish toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.
- 2022 yil – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Donetsk viloyatidagi Chasov Yarga raketa hujumi, 40 dan ortiq odam halok boʻldi.
Tavalludlar
- 1927 yil – musiqashunos, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi, professor Tamara Solomonova;
- 1986 yil – “Taraqqiyot strategiyasi” markazi ijrochi direktori, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatasining Byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasi aʼzosi, “Milliy Tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy Kengashi aʼzosi Eldor Tulyakov.
- 1994yil – oʻzbek futbolchisi, AGMK himoyachisi Sardor Rahmonov.