platina.uz
Siyosat

Oʻzbekistonda Prezident saylovi boshlandi

Prezidentlik uchun 4 nafar nomzod daʼvogarlik qilmoqda.

Oʻzbekistonda Prezident saylovi boshlandi

Bugundan Oʻzbekistonda navbatdan tashqari prezident saylovida ovoz berish boshlandi, Toshkent vaqti bilan soat sakkizda saylov uchastkalari ochildi.

Prezidentlik uchun 4 nafar nomzod daʼvogarlik qilmoqda.

MSK maʼlumotlariga koʻra, saylovchilar roʻyxatiga 19,5 milliondan ortiq kishi kiritilgan, 14 ta okrug saylov komissiyalari tuzilgan, 10 784 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

Fuqarolar xorijda ham ovoz berishlari mumkin – 39 ta davlatda 56 ta statsionar saylov uchastkasi ochilgan. Ovoz berish 9 iyul kuni soat 20:00gacha davom etadi.

Markaziy saylov komissiyasi roʻyxatga olgan nomzodlar:

— Ekologik partiyadan Abdushukur Xamzayev (Markaziy kengash ijroiya qoʻmitasi raisi);
— Xalq demokratik partiyasidan Ulugʻbek Inoyatov (Markaziy kengash raisi);
— "Adolat" SD partiyasidan Roba Mahmudova (Oliy sud raisi oʻrinbosari);
— O‘zLiDeP partiyasidan Shavkat Mirziyoyev (amaldagi prezident);
"Milliy tiklanish" partiyasidan nomzod koʻrsatilmaydi, ular Shavkat Mirziyoyevni qoʻllab-quvvatlaydi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid