platina.uz
Jahon

Yer yuzida maʼlum boʻlgan barcha kimyoviy qurollar yoʻq qilindi

Kimyoviy qurollar toʻgʻrisidagi konvensiya 1997 yil 29 aprelda kuchga kirgandi.

Yer yuzida maʼlum boʻlgan barcha kimyoviy qurollar yoʻq qilindi

Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkiloti bosh direktori Fernando Arias AQSh kimyoviy qurollari arsenali yoʻq qilinganini eʼlon qildi. Natijada Yer yuzida aniqlangan barcha kimyoviy qurollar toʻliq yoʻq qilingan.

Bu haqda tashkilot saytida xabar berildi.

Bayonotda Arias Kimyoviy qurollar boʻyicha konvensiyaning barcha ishtirokchi-davlatlarini va Qoʻshma Shtatlarni xalqaro hamjamiyatning bunday katta yutugʻi bilan tabrikladi.

“Barcha eʼlon qilingan kimyoviy qurol zaxiralarini yoʻq qilishning yakunlanishi tashkilot uchun muhim bosqichdir. Bu barcha yashirin kimyoviy qurollarni yoʻq qilish yoʻlidagi muhim qadamdir", dedi Arias.

Kimyoviy qurollar toʻgʻrisidagi konvensiya 1997 yil 29 aprelda kuchga kirdi. AQSh va konvensiyani imzolagan boshqa davlatlar kimyoviy qurol zaxiralarini 2023 yil 30 sentabrgacha yoʻq qilishlari shart edi. Rossiya 2017 yilning 27 sentabr kuni barcha kimyoviy qurollarini butunlay yoʻq qilganini maʼlum qilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid