platina.uz
Jamiyat

Gulnora Karimova tugʻilgan kun

Platina.uz 8 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Gulnora Karimova tugʻilgan kun

Platina.uz 8 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

  • Butunjahon okeanlar kuni.
  • Butunjahon allergiya kuni.

Oʻzbekistonda sukunat kuni. Saylov kodeksining tegishli moddalariga koʻra saylov kuni va ovoz berish kuniga bir kun qolganda tashviqotga yoʻl qoʻyilmaydi.

Voqealar

  • 1497 yil – Vasko da Gama boshchiligidagi birinchi dengiz ekspeditsiyasi Yevropa(Lissabon)dan Hindistonga suzib ketdi.
  • 1796 yil – AQSh davlat departamenti birinchi AQSh fuqarosi pasportini berdi.
  • 1918 yil – Kiyevda Ukraina davlat senati tashkil etildi.
  • 1922 yil – dunyoda birinchi marta sobiq Xodinka aerodromida (uchuvchi N.P.Ilzin) qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashda aviatsiyadan foydalanish boʻyicha tajribalar oʻtkazildi.
  • 1941 yil – Samarqand Olimlar uyida shahar ilmiy xodimlarining umumiy yigʻilishi chaqirildi. Yigʻilish “Olimlarning butun kuchi front xizmatiga” degan shoir ostida oʻtdi.
  • 1944 yil – sobiq SSSR oliy kengashi prezidiumining farmoni bilan “Qahramon ona” faxriy unvoni joriy etildi hamda “Ona shuhrati” ordeni va “Onalik medali” medali taʼsis etildi.
  • 1980 yil – Olma-Otada Tu-154 halokatga uchradi. 166 kishi halok boʻldi – bu Qozogʻiston tarixidagi eng yirik aviahalokat.
  • 1994 yil – Kim Ir Senning vafoti munosabati bilan KXDR prezidenti lavozimi tugatildi va amaldagi yetakchi Kim Chen Ir uchun KXDR buyuk yoʻlboshchisi lavozimi oʻrnatildi.
  • Oʻzbekiston va Kuvayt oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatildi.
  • 2020 yil – Oʻzbekiston Respublikasining “Ov qilish va ovchilik xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilindi. Ushbu qonunning maqsadi ov qilish va ovchilik xoʻjaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. U 7 bob, 43 moddadan iborat. Uning ilovalarida yovvoyi hayvonlarni tutish uchun toʻlovlar miqdorlari va Oʻzbekistonda ov qilish muddatlari ham qayd etilgan.
  • 2022 yil – Yaponiyada sobiq bosh vazir Sindzo Abe saylovoldi tashviqoti chogʻida oʻldirildi.

Tavalludlar

  • 1912 yil — mexanika sohasidagi olima, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademigi, texnika fanlari doktori, professor Maqsuda Hojinova;
  • 1952 yil — Oʻzbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir;
  • 1972 yil — Oʻzbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning toʻngʻich qizi Gulnora Karimova;
  • 1985 yil — Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi va Bunyodkor jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Haydarov;
  • 1994 yil — ogʻir vazn toifasida professional bokschi, xalqaro toifadagi sport ustasi Bahodir Jalolov.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid