Togʻli Qorabogʻ tashkil topgan kun
Platina.uz 7 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 7 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Butunjahon suaxili tili kuni – YuNESKO Bosh konferensiyasining 41-sessiyasida bu haqdagi rezolyutsiyani qabul qildi. Unda kisvaxili tilining madaniy xilma-xillikni targʻib qilish, xabardorlikni oshirish va sivilizatsiyalar oʻrtasidagi muloqotni osonlashtirishdagi roli eʼtirof etiladi, shuningdek, koʻp tillilikni asosiy qadriyat sifatida targʻib qilish zarurligi qayd etilgan.
Voqealar
- 1906 yil – Buyuk Britaniyada birinchi rasmiy havo sharlari musobaqasi boʻlib oʻtdi.
- 1923 yil – Togʻli Qorabogʻ avtonom viloyati tuzildi.
- 1937 yil – Toshkentda “Hunarmandchilik muzeyi” ochildi. Tarixchi S.Davlatovaning qayd etishicha, bu muzeyda asosan kashtachilik mahsulotlarining koʻrgazmalari tashkil etilgan. Keyinchalik bu muzey “Oʻzbekiston amaliy sanʼati doimiy koʻrgazmasi” nomini olgan.
- 1985 yil – Boris Bekker Uimbldon tennis turnirida gʻolib chiqdi va eng yosh chempion boʻldi (oʻsha paytda u 17 yosh edi).
- 1987 yil – halokatli portlashda ayblangan Chernobil AESning uchta rahbariga qarshi sud jarayoni boʻlgan.
- 1995 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Navoiy davlat konchilik institutini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
- 2002 yil – Falastin maʼmuriyati Falastin davlati uchun shart sifatida AQSh prezidenti Jorj Bush tomonidan ilgari surilgan baʼzi demokratik islohotlarni nazarda tutuvchi vaqtinchalik konstitutsiyani joriy qildi.
- 2004 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston savdo-sanoat palatasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
- 2005 yil – London metrosi va shahar avtobuslarida bir qator teraktlar sodir etilgan.
- 2008 yil – Oʻzbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (Nyu-York, 2003 yil 31 oktabr) qoʻshildi.
Tavalludlar
- 1422 yil – temuriyzoda Boysunqur Mirzoning oʻgʻli Abulqosim Bobur;
- 1934 yil – Narziy taxallusi bilan ijod qilgan Oʻzbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev;
- 1943 yil – italiyalik qoʻshiqchi va bastakor Toto Kutuno.




