Qozoq-oʻzbek chegarasida xavfli kasallik tarqalmoqda
Taʼkidlash joizki, Qiziloʻrda viloyati Oʻzbekistonning ikki hududi — Qoraqalpogʻiston va Navoiy viloyati bilan chegaradosh sanaladi.

Qozogʻistonning Qiziloʻrda viloyatida ikki kishi Qrim-Kongo gemorragik isitmasi qurboni boʻldi, deya xabar bermoqda “Kazinform” agentligi.
Viloyatning Yangiqoʻrgʻon tumanidan 77 yoshli erkak va Shiyeli tumanida yashovchi 51 yoshli fuqaro kasallik belgilari bilan kasalxonaga yetkazilgan, ahvoli ogʻir. Bemorlar reanimatsiyada vafot etgan.
Umuman, yil boshidan buyon viloyat tibbiyot muassasalariga kasallikni keltirib chiqaruvchi kana chaqishi boʻyicha 600 dan ortiq fuqaro murojaat qilgan.
Ulardan 23 nafari Kongo-Qrim gemorragik isitmasi shubhasi bilan kasalxonaga yotqizilgan. 8 ta holatda tashxis tasdiqlandi. Xavfli hasharotlarning tabiiy yashash joylarida epidemiyaga qarshi choralar koʻrilmoqda.
“Har bir holat qayd etilganda 12 soat ichida shaxsiy hududlar, chorva mollari va hayvonlar dezinfeksiya qilinadi. Barcha aloqada boʻlgan shaxslar 14 kun davomida shifokor nazorati ostida. Umuman olganda, uch oy - may, iyun va iyul -kasallikning xavfli turlari faollashadi. Shu bois viloyat aholisini yehtiyot boʻlishga va tishlab qolganda darhol shifokorga murojaat qilishga chaqiramiz”, — dedi Qiziloʻrda viloyati sanitariya-epidemiologiya nazorati boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Aliya Abdiqaimova.
Taʼkidlash joizki, Qiziloʻrda viloyati Oʻzbekistonning ikki hududi — Qoraqalpogʻiston va Navoiy viloyati bilan chegaradosh sanaladi.




