Mark Sukerberg Twitter‘ga raqobatchi tarmoqni ishga tushirdi
Bir kun davomida butun dunyodan 30 millionga yaqin foydalanuvchi platformaga qoʻshildi.

5 iyul kuni Mark Sukerbergning Meta kompaniyasi Twitter mikroblogi raqobatchisi Threads tarmogʻini rasman ishga tushirdi.
Bir kun davomida butun dunyodan 30 millionga yaqin foydalanuvchi platformaga qoʻshildi.
Kompaniya uni yaratish rejasini uch oy oldin eʼlon qilgan edi. Payshanba kuni ertalab kompaniya maʼlumotlariga koʻra, bir kunda tom maʼnoda Threads‘ga 30 millionga yaqin foydalanuvchi qoʻshilgan, jumladan, taniqli brendlar, mashhurlar, jurnalistlar va boshqa koʻplab taniqli foydalanuvchilar, deb xabar beradi CNN.
Koʻpchilik foydalanuvchilar yangi platformani “Twitter qotili” deb atashdi. Bundan tashqari, 6 iyul kuni Threads AppStoreda eng mashhur platformaga aylandi.
Platforma Tvitterga juda oʻxshaydi. Asosan matnli xabarlar yozilgan lenta mavjud. Foydalanuvchilar fotosuratlar va videolarni joylashtirishlari, shuningdek, boshqa odamlarning nashrlarini repost qilish, javob berish yoki iqtibos keltirish orqali real vaqt rejimida suhbatlashishlari mumkin.
Har bir postda 500 ta belgi chegarasi mavjud. Mavzulardagi xabarlarni Instagram Storiesda baham koʻrish mumkin. Hisoblar ochiq yoki shaxsiy boʻlishi mumkin. Threads hozirda 100 mamlakatda, 30 dan ortiq tilda mavjud.
Eslatib oʻtamiz, Twitter egasi milliarder Ilon Mask oʻzaro kelishmovchiliklar sabab Meta xoʻjayini Mark Sukerbergni jangga taklif qilgan va ushbu chaqiriq qabul qilingandi.
