platina.uz
Jamiyat

JSST: ekologik muammolar Yevropa va Markaziy Osiyoda millionlab oʻlimlarga sabab boʻlmoqda

Shuningdek, 77 milliondan oshiq kishi toza ichimlik suvi masalasida qiynalmoqda. 

JSST: ekologik muammolar Yevropa va Markaziy Osiyoda millionlab oʻlimlarga sabab boʻlmoqda

Ekologik muammolar Yevropa va Markaziy Osiyoda joylashgan 53 davlat aholisining salomatligiga putur yetkazmoqda. Bu haqda JSST hisobotida aytiladi.

Hisobotda keltirilishicha, byuroga aʼzo 53 davlatda (jumladan, Markaziy Osiyo mamlakatlarida) qayd etilayotgan barcha kasalliklarning qariyb 15 foizi ushbu omil oqibatida paydo boʻlyapti.

Bundan tashqari, Buyuk Britaniyadan Xitoy chegaralarigacha qamrab olgan mazkur hududda ekologik muammolar tufayli yiliga 1,4 million inson hayotdan koʻz yummoqda.

Ularning 570 ming nafarga yaqini atmosfera ifloslanishi oqibatida kelib chiqayotgan xastaliklar qurbonlaridir.

Qolaversa, birgina 2022 yilda Yevropa mintaqasida kuzatilgan anomal issiq harorat kamida 20 ming kishining oʻlimiga sabab boʻldi.

Shuningdek, 77 milliondan oshiq kishi toza ichimlik suvi masalasida qiynalmoqda.

Avvalroq Markaziy Osiyoda suv inqirozi boshlangani xabar berilgandi. Mutaxassislarning ogohlantirishicha, agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, qurgʻoqchilik kelishmovchiliklar va katta migratsiya oqimiga olib kelishi mumkin.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid