platina.uz
Jamiyat

Iyulda kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumot berildi

Joriy yilning iyul oyi oʻrtacha issiq ob-havo bilan boshlandi.

Iyulda kutilayotgan ob-havo boʻyicha maʼlumot berildi

2023 yil iyul oyida Oʻzbekiston boʻylab havo harorati issiq boʻladi, ammo bu jaziramalar anomal xarakterda boʻlmaydi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya xizmati xabar berdi.

Joriy yilning iyul oyi oʻrtacha issiq ob-havo bilan boshlandi. Kunduz kunlari havo harorati 37-39 daraja gacha, janubda va choʻl hududlarda 41-43 darajagacha koʻtarildi.

Lekin 3-4 iyul kunlari Qozogʻiston hududlaridan nisbatan salqin havo massasi kirib kelishi hisobiga issiq pasaya boshladi va haftaning katta qismida havo harorati 31-36 daraja boʻlgan qulay qiymatlarda saqlandi. Hatto eng chekka janubiy hududlarda ham kunduzgi harorat 39 darajadan yuqori boʻlmadi.

9-10 iyul kunlari Oʻzbekiston hududiga Turkmaniston orqali Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi va harorat koʻtarila boshlaydi.

Issiq ob-havoning choʻqqisi 11-13 iyul kunlariga toʻgʻri keladi. Kunduzi havo harorati 39-42 darajagacha, janubda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 43-45 darajagacha koʻtariladi.

Biroq bu issiq davr uzoq boʻlmaydi. 13 iyuldan respublikaning shimoli-gʻarbiy hududlariga, 14 iyuldan barcha hududlarga, bu safar Kavkazdan salqinroq havo kirib kelishi kutilmoqda. Harorat foni 3-5 darajaga pasayadi. Haroratning yeng sezilarli pasayishi Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida kuzatiladi, bu yerda havo harorati 5-7 darajaga pasayadi.

Soʻng iyul oyining oxirigacha haroratni qisqa muddatga koʻtarilishi kuzatiladi, lekin sinoptiklar ushbu iyul oyida anomal issiq kutmayaptilar.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid