platina.uz
Jamiyat

Urganchning sobiq hokimi qamaldi

Ayblanuvchi 2018-2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi lavozimida ishlagan.

Urganchning sobiq hokimi qamaldi

Urganch shahrining sobiq hokimi uch yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar bermoqda Oliy sud matbuot xizmati.

Aytilishicha, 2023 yil 4 iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Xiva tuman sudida sudlanuvchi Sh. A. (1967 yilda Xorazm viloyatida tugʻilgan, muqaddam sudlanmagan, 2018-2020 yillar mobaynida Urganch shahar hokimi lavozimida ishlagan) ga oid jinoyat ishini koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni tugab, sud hukmi eʼlon qilindi.

Eʼlon qilingan sud hukmiga koʻra Sh. A. Jinoyat kodeksining 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “b” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 2 yilga muayyan huquqdan, yaʼni davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida mansabdor va moddiy javobgar shaxs lavozimlarida ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi, deyiladi xabarda.

Ushbu qarordan norozi taraflar qonunda belgilangan tartib va muddatda Xorazm viloyat sudining apellyatsiya instansiyasiga shikoyat berish va protest bildirishga haqliligi maʼlum qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid