platina.uz
Jamiyat

Oʻzbekistonda "chigirtkalar bosqini" yuz beradimi? Rasmiylar izoh berdi

2023 yil mavsumida chegara hududida 15,6 ming gektar maydonda ishlov berish tadbirlari yakunlangan. 

Oʻzbekistonda "chigirtkalar bosqini" yuz beradimi? Rasmiylar izoh berdi

Qozogʻistonning qator viloyatlarida zararli chigirtkaning “Italiya prusi” turi bosqini yuz berdi va mintaqa aholisini tashvishga soldi.

Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi axborot xizmati rahbari Sabina Sadinovaga koʻra, ushbu chigirtkalarning Oʻzbekistonga zarar yetkazish ehtimoli juda kam.

Aniqlanishicha, joriy yilning 2 iyul sanasidan boshlab Qozogʻiston Respublikasining Rossiya bilan chegaradosh boʻlgan Kostanay viloyati Jangeldi, Amangeldi, Altinsari va Denisov tumanlari hududida zararli chigirtkaning “Italiya prusi” turi tarqalgan.

Bugungi kunga qadar Kostanay viloyatining 260 ming gektar hududida – bu esa rejalashtirilgan maydonning 70 foizi degani – zararli chigirtkalarga qarshi ishlov berilib, vaziyat nazoratga olingan. Holat boʻyicha Qozogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan rasmiy maʼlumot berildi.

Maʼlumot uchun, Kostanay viloyati Oʻzbekistondan 2 000 – 2 200 km uzoqlikda joylashgan boʻlib, bugungi kunda yuqorida qayd etib oʻtilgan zararli chigirtkalar toʻdasi respublikamiz hududiga kirib kelish ehtimoli kam.

Oʻz navbatida Qozogʻistonning Turkiston viloyati bilan chegaradosh boʻlgan Toshkent viloyatida zararli chigirtkaga qarshi kurash choralari olib borildi. 2023 yil mavsumida chegara hududida 15,6 ming gektar maydonda ishlov berish tadbirlari yakunlangan.

Xavfli vaziyat yuzaga kelishini oldini olish maqsadida esa kuzatuv-nazorat ishlari davom ettirilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid