Yaqin Sharqda keskin vaziyat: Isroil Gʻazo sektorini oʻqqa tutmoqda
Avvalroq Isroilning Gʻazo sektori yaqinida joylashgan Sderot shahrida havo hujumidan himoya sirenalari yangradi.

Isroil harbiylari mamlakatga uyushtirilgan raketa hujumiga javoban Gʻazo sektoriga zarbalar bermoqda. Bu haqda RIA "Novosti" Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmatiga asoslanib yozdi.
“Bugun tunda (chorshanba) amalga oshirilgan raketa hujumlariga javoban Isroil armiyasi Gʻazo sektoriga zarba bermoqda”, — deyiladi bayonotda.
Boshqa tafsilotlar hozircha nomaʼlum.
Avvalroq Isroilning Gʻazo sektori yaqinida joylashgan Sderot shahrida havo hujumidan himoya sirenalari yangradi. Keyinroq armiya matbuot xizmati Gʻazo sektoridagi kuchlar Isroil hududiga beshta raketa otganini maʼlum qildi.
Eslatib oʻtamiz, Isroil kuchlari Gʻarbiy Sohildagi Jenin falastinlik qochqinlar lageri amaliyotlar oʻtkazayotgandi. Isroilning mazkur harakatlariga javoban Falastin u bilan muloqotni toʻxtatib qoʻydi. Isroil Jenin terrorchilar markazi boʻlib qolganini iddao qilib chiqmoqda.
Argentina, Braziliya, Meksika kabi davlatlar Isroilni harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatishga chaqirgan.
Jenin — Falastin maʼmuriyatining Iordan daryosining gʻarbiy sohilidagi shahri, Falastin milliy maʼmuriyatining xuddi shu nomdagi viloyatining maʼmuriy markazi.




