platina.uz
Jahon

Sayyorada rekord darajadagi issiq harorat kuzatildi

Meteorologlarning maʼlumotlariga koʻra, 3 iyul kuni Yerdagi oʻrtacha harorat 17 darajadan oshdi.

Sayyorada rekord darajadagi issiq harorat kuzatildi

AQShning Ekologiyani prognoz qilish milliy markazi 3 iyul, dushanba kuni butun kuzatuvlar tarixida Yerda rekord darajadagi issiq oʻrtacha haroratni qayd etdi.

Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.

Meteorologlarning maʼlumotlariga koʻra, 3 iyul kuni Yerdagi oʻrtacha harorat 17 darajadan oshdi, bu kuzatuvlar boshlangan 1979 yildan beri kuzatilmagan. Gʻayritabiiy yuqori haroratning sababi El-Nino - Tinch okeanining ekvatorial qismidagi suv yuzasi haroratining oʻzgarishi deyiladi xabarda.

El-Nino - kuchli tabiiy hodisa, ekvatorial va Janubiy Tinch okeanidagi suv haroratining davriy ravishda oshishidir. Bu butun sayyoradagi iqlimga taʼsir qiladi. 2016 yilning avgustida qayd etilgan avvalgi rekord 16,92 daraja edi.

Jahon meteorologik tashkiloti (JMT) 2023 yil ikkinchi yarmida El-Nino hodisasi davom etishining ehtimolini 90 foizga baholamoqda. U kamida oʻrtacha kuchga ega boʻlishi kutilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid