platina.uz
Jamiyat

Oliy taʼlimga qabul boʻyicha muhim yangiliklar eʼlon qilindi

11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari oʻrtacha koʻrsatkichini kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi.

Oliy taʼlimga qabul boʻyicha muhim yangiliklar eʼlon qilindi

Bugun, 4 iyul kuni oliy taʼlimga qabul yuzasidan qator muhim yangiliklar eʼlon qilindi.

Jumladan:

— 2023/2024-oʻquv yilida xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish uchun oʻtish ballari tasdiqlandi;

— majburiy 11 yillik taʼlimning soʻnggi 6 yillik baholari oʻrtacha koʻrsatkichini oliy taʼlim tashkilotiga kirish imtihonlarida inobatga olish 2 yilga kechiktirildi;

— Bakalavriatning kunduzgi taʼlim shakli boʻyicha qabul kvotasi eʼlon qilindi;

— Bakalavriatning kechki taʼlim shakli boʻyicha qabul kvotasi taqsimoti tasdiqlandi;

— Bakalavriatning sirtqi va masofaviy taʼlim shakli boʻyicha qabul kvotasi taqsimoti eʼlon qilindi;

— oliy taʼlim muassasalari magistraturasiga oʻqishga qabul qilish parametrlarining mutaxassisliklar va oʻqitish tillari boʻyicha taqsimoti tasdiqlandi.

Prezidentning tegishli Farmoniga kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024 oʻquv yilida davlat granti asosida qoʻshimcha 3 000 ta oʻrin ajratildi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrugʻi bilan 2023/2024-oʻquv yilida xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) oliy taʼlim muassasalaridan davlat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishni koʻchirish uchun oʻtish ballari tasdiqlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid