platina.uz
Jamiyat

Neft-gaz sohasi rahbarlari ham almashdi

Bahodirjon Sidiqov «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi.

Neft-gaz sohasi rahbarlari ham almashdi

Neft-gaz sohasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Jumladan, Bahodirjon Sidiqov «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi etib tayinlandi. Bunga qadar u «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Rustam Sherov «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining Geologiya va qazib chiqarish boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Shu kunga qadar u «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining Qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Odil Temirov «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisining Qayta ishlash boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u «Oʻzkimyosanoat» AJ boshqaruv raisining ishlab chiqarish, mahalliylashtirish, sanoatda kooperasiya aloqalarini kengaytirish va axborot texnologiyalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Alisher Agzamov «UzGasTrade» AJ boshqaruvi raisi lavozimiga tayinlandi. Bunga qadar u «UzGasTrade» AJ Tabiiy gazni xarid qilish boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Avvalroq “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ boshqaruvi raisi lavozimiga Bahodir Joʻrayev tayinlangani xabar qilingandi.

Taʼkidlash joizki, Bahodirjon Sidiqov shu yilning mart oyida «Oʻzbekneftgaz» AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid