Amerikada bugun tarixiy kun
Platina.uz 4 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 4 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
AQSh mustaqilligi kuni.
Voqealar
- Bugun Hindiston raisligida videokonferensiya formatida ShHTga aʼzo davlatlar rahbarlari kengashining 22-sammiti boʻlib oʻtadi. Sammitga Hindiston raislik qiladi, uni bosh vazir Narendra Modi olib boradi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham ushbu sammitda qatnashadi.
- 1865 yil — Lyuis Kerroll qalamiga mansub “Alisa moʻʼjizalar mamlakatida” asari nashr qilingan.
- 1903 yil – Filippin – Amerika urushi rasman yakunlangan.
- Prezident Ruzvelt Tinch okeanining tubiga yotqizilgan kabel orqali butun dunyo boʻylab xabarlarni yuborib, Tinch okeani liniyasining ochilishini tantanali eʼlon qilgan.
- 1906 yil – Buyuk Britaniya, Fransiya va Italiya Efiopiya mustaqilligi kafillari boʻldi.
- 1911 yil – Amerika Qoʻshma Shtatlarining shimoli-sharqida kuchli issiqlik toʻlqini kelib, 11 kun ichida 380 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan va bir nechta shaharlarda harorat rekordi yangilangan.
- 1946 yil – Filippin mustaqilligini tan oldi.
- 1954 yil – Jahon chempionati finalida Gʻarbiy Germaniya Vengriyani 3:2 hisobida magʻlub etdi.
- 1960 yil – Gavayi orollarining anneksiya qilinishini xotirlash uchun AQSh bayrogʻiga 50-yulduz qoʻshildi.
- 1986 yil – AQSh prezidenti Ronald Reygan Fransiya prezidenti Fransua Mitteran ishtirokida Nyu-Yorkdagi “Ozodlik haykali”ni rekonstruksiya qilinganidan keyin tantanali ravishda ochdi.
- 1997 yil – NASA kosmik zondi Mars yuzasiga qoʻndi.
- 2003 yil – Turkmanboshi Saparmurat Niyazov (1991-2006) maktabdan keyin darhol universitetlarga kirishni taqiqladi.
- 2004 yil – Ozodlik minorasining tamal toshi Nyu-York shahridagi Jahon savdo markazi oʻrniga qoʻyildi.
- Futbol boʻyicha Gretsiya terma jamoasi finalda Portugaliya termasini magʻlub etib, birinchi marta Yevropa chempioni boʻldi.
Tavalludlar
- 1937 yil — aktyor, rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi Mansur Ravshanov;
- 1947 yil — Oliy Majlis Senatining Tashqi siyosat masalalari qoʻmitasida doimiy asosda ishlovchi senator (2005-2019), Oʻzbekiston milliy olimpiya qoʻmitasi (2013-2017) va Oʻzbekiston futbol federatsiyasi prezidenti (2005-2017) hamda Markaziy Osiyo Futbol uyushmasi prezidenti (2015-2018-yillarda) lavozimlarida ishlagan davlat arbobi Mirabror Usmonov.




