Yozda qaysi ovqatlardan tiyilish kerak? Tavsiyalar
Yozda qaynatilgan yoki qovurilgan tuxum foydaliroqdir.

Yozda tanaga yengil va sogʻlom ovqat kerak. Issiq mavsumda butunlay voz kechish maʼqul boʻlgan bir qancha taomlar mavjud. Bu haqda OSN nashri yozmoqda.
Qovurilgan ovqatlar, ayniqsa, koʻchada sotiladigan piroglar, gamburgerlar va shaurmalar yogʻ miqdori yuqori boʻlgani uchun xavflidir. Ushbu mahsulotlar hazm qilish uchun uzoq vaqt talab etadi.
Issiq havoda ovqatdan zaharlanish xavfi ortadi. Mayonez, kabob va kolbasani ham hazm qilish qiyin boʻladi.
Yozda qaynatilgan yoki qovurilgan tuxum foydaliroqdir.
Gazli va shirin ichimliklarni ham yozda cheklash zarur. Bundan tashqari, ular vazn ortishiga hissa qoʻshadigan va tanani suvsizlantiradigan koʻp miqdorda shakarni oʻz ichiga oladi.
Spirtli ichimliklarda tana ham suvsizlanadi, bu ham qon tomirlarini toraytiradi va tabiiy issiqlik uzatishni buzadi. Qahva - kapuchino, latte, shuningdek, energetik ichimliklar bilan chanqogʻingizni qondirish ham maqbul emas.
Yozda pirojniy va pishiriqlar isteʼmoli ham yaxshi yechim emas, ular vazn ortishiga olib keladi, shuningdek, tana suvsizlanadi.
Sovuq taomlar oshqozon yarasi va gastritning rivojlanishiga olib keladi. Tana harorati bilan bir xil boʻlgan ovqatni isteʼmol qilish yaxshidir. Muzlatgichdan muzqaymoq, sovuq okroshka va sut mahsulotlarini olib ichish tavsiya etilmaydi.