Xalqaro sport jurnalistlari kuni
Platina.uz 2 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 2 iyul sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Xalqaro ufologlar kuni.
Xalqaro sport jurnalistlari kuni. Bu sananing oʻziga yarasha kichik bir tarixi bor. 1924 yil 2 iyul kuni Fransiya poytaxti Parij shahrida Xalqaro sport jurnalistlari assotsiatsiyasi tashkil etilgan edi. Qariyb bir asr avvalgi kun tarixi keyinchalik kasb bayrami sanasi sifatida qabul qilinishiga zamin yaratgandi.
Voqealar
- 1800 yil —Buyuk Britaniya va Irlandiyaning birlashuvi toʻgʻrisidagi akt qabul qilingan;
- 1900 yil — Parijda 2-Olimpiya oʻyinlari ochilgan;
- 1924 yil – Xalqaro sport jurnalistlari assotsiatsiyasi tuzildi;
- 1965 yil — Fransiya Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining barcha yigʻilishlariga boykot eʼlon qilgan;
- 1992 yil — “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi toʻgʻrisida”gi qonunga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan;
- "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonun qabul qilingan;
- 1995 yil — aynan shu sanadan eʼtiboran har yili xalqaro miqyosda sport jurnalistlari kuni keng nishonlab kelinadi;
- 1997 yil — Osiyo moliyaviy inqirozining boshlanishi;
- 2002 yil – Stiv Fossett dunyodagi birinchi issiq havo sharida dunyo boʻylab sayohatini yakunladi;
- 2022 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish toʻgʻrisida” Farmoni imzolangan.
Tavalludlar
- 1946 yil — Oʻzbekiston xalq artisti Gulchehra Jamilova;
- 1961 yil — mashhur fransuz aktyori, "Taksi" filmi bosh rol ijrochisi Sami Naseri;
- 1991 yil — 2020 yildan Oʻzbekiston yoshlar ishlari agentligi direktori oʻrinbosari Dilnozaxon Kattaxonova;
- oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi, 2023 yildan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi direktori Olimjon Toʻychiyev;
- 1996 yil — oʻzbekistonlik texnolog va jamoat arbobi. 2022 yildan Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi Behzod Toʻxtamurodov.




