platina.uz
Jahon

Yevropa Ittifoqi Shvetsiyada Qurʼon yoqilishini qoraladi

Keyinchalik vaziyatning keskinlashuvining oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi birlashishni va oʻzaro hurmat uchun harakat qilishni taklif qilgan.

Yevropa Ittifoqi Shvetsiyada Qurʼon yoqilishini qoraladi

Yevropa Ittifoqi Shvetsiyada Qurʼon yoqib yuborilganini qoralab chiqdi, biroq tashkilot oʻz fikrini erkin bildirish huquqini qoʻllashini bildirdi.

Bu haqda 1 iyul kuni YeI rasmiy saytida maʼlum qilindi.

“Ushbu harakat hech qanday tarzda Yevropa Ittifoqi nuqtai nazarini aks ettirmaydi. Qurʼon yoki boshqa muqaddas kitoblarni yoqish haqoratli, hurmatsizlik va aniq provokatsiyadir.

Irqchilik, ksenofobiya va shunga oʻxshash murosasizlikning namoyon boʻlishiga Yevropada oʻrin yoʻq", deyiladi bayonotda.

Bayonotda bunday xatti-harakat musulmonlarning Qurbon hayiti kuni sodir etilgani, bu harakatni shak-shubhasiz yanada qoralanishi taʼkidlangan.

Keyinchalik vaziyatning keskinlashuvining oldini olish uchun Yevropa Ittifoqi birlashishni va oʻzaro hurmat uchun harakat qilishni taklif qilgan.

Eslatib oʻtamiz, 37 yoshli asli iroqlik Salvan Momika Shvetsiya poytaxtidagi bosh masjid oldida muqaddas kitobni yoqqandi. Bungacha yanvar oyida daniyalik shaxs Rasmus Paludan ham ikki bor shu ishga qoʻl urgandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid