platina.uz
Jamiyat

DXX 300 ming dollar pora olayotgan xodimni qoʻlga tushirdi

Direksiya xodimi turli bahonalar bilan qurilish boshlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni ortga surgan.

DXX 300 ming dollar pora olayotgan xodimni qoʻlga tushirdi

Toshkentda “Yunusobod business city” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish Direksiyasi” davlat unitar korxonasi xodimi 300 ming dollar pora olayotganda ushlandi.

U mazkur markazda koʻp qavatli turar-joy binolari qurish uchun ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga tadbirkordan pul olayotgan vaqtida DXX va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aniqlanishicha, “Yunusobod business city” tadbirkorlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish Direksiyasi va tadbirkor oʻrtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq, markaz hududidagi eski uylarni buzish va qurilish uchun joy tayyorlash maqsadida, muqaddam tadbirkor tomonidan Direksiya hisobiga 22 mlrd. soʻm miqdoridagi investitsiya mablagʻi oʻtkazib berilgan.

Ammo, Direksiya xodimi turli bahonalar bilan qurilish boshlashga ruxsat beruvchi hujjatlarni rasmiylashtirishni ortga surgan va masalani ijobiy hal etib berish uchun pul talab qilgan.

Hozirda holat yuzasidan Direksiya xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168- (firibgarlik) va 28,211- (pora berish) moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan, deyiladi xabarda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid