Ukraina davlat sifatida tan olingan kun
Platina.uz 30 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 30 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Bugun Yoshlar kuni. Oʻzbekistonning milliy bayrami boʻlib, Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 30 iyun kuni boʻlib oʻtgan “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida ilk bor "Yoshlar kuni"ni nishonlash toʻgʻrisida eʼlon qilgan. Shu kunning oʻzida yangi tashkilot – Oʻzbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan.
Xalqaro parlamentarizm kuni
Asteroid kuni (Tunguska meteoriti, 1908)
Voqealar
- 1894-yil — Londondagi butun dunyoga mashhur Tauer koʻprigi ochildi.
- Koreya Xitoydan mustaqilligini eʼlon qildi.
- 1934 yil – 30 iyundan 1 iyulga oʻtar kechasi Germaniyada Hitlerning buyrugʻi bilan SS boʻlinmalari hujum otryadlari (SA) rahbariyatiga kutilmagan hujum uyushtirdilar. Hujumchilar boshligʻi Ernst Ryom va hujum otryadlarining oʻnlab boshqa rahbarlari sudsiz va tergovsiz otib tashlandi.
- 1936 yil – amerikalik yozuvchi va jurnalist Margaret Mitchellning "Shamollarda qolgan hislarim” romanining birinchi nashri chop etildi. Roman AQShning janubiy shtatlarida 1860-yillarda, fuqarolar urushi davrida va undan keyin sodir boʻlgan voqealarni oʻz ichiga olgan.
- 1941 yil – britaniyalik olimlar oʻz hukumatlariga atom bombasi yaratish imkoniyati haqida xabar berishdi.
- Ukraina davlatini eʼlon qilish toʻgʻrisidagi akt imzolangan.
- 1964 yil – Oyning birinchi yaqin plandagi fotosuratlari olindi.
- 1970 yil – Buyuk Britaniya, Daniya, Norvegiya va Irlandiya Lyuksemburgda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga qoʻshilish boʻyicha muzokaralarni boshladi.
- 1972 yil - universal vaqtni muvofiqlashtirish uchun birinchi marta sakrash soniyasi (23:59:60) joriy etildi.
- 1992 yil – Ukraina va Qrim avtonom respublikasi davlat organlari oʻrtasida vakolatlarni taqsimlash toʻgʻrisida qonun qabul qilindi.
- 1995 yil – AQSh kinoekranlariga ilk marta "Apollon-13" filmi chiqdi.
- 2004 yil – AQShda "Oʻrgimchak odam-2" filmining ikkinchi qismi chiqdi.
Tugʻilganlar
- 1941 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Oʻlmas Alixoʻjayev;
- 1959 yil – oʻzbek iqtisodchisi va diplomati, 2005-2017 yillarda Oʻzbekistonning Turkiyadagi elchisi boʻlgan Ulfat Qodirov;
- 1966 yil – amerikalik professional bokschi, ogʻir vaznda mutlaq jahon chempioni Mayk Tayson;
- 1982 yil – oʻzbek qoʻshiqchisi va aktrisasi Sevinch Moʻminova;
- 2003 yil – oʻzbek futbolchisi, "Bunyodkor" futbol klubi va Oʻzbekiston U-20 milliy terma jamoasi futbolchisi Mahmudjon Mahamadjonov.




