platina.uz
Jahon

Rossiyalik yuqori martabali qoʻmondon qayerda? Kreml javob berishdan bosh tortmoqda

Sergey Surovikin isyonchi Yevgeniy Prigojin bilan yaqin aloqada boʻlishda gumonlangan.

Rossiyalik yuqori martabali qoʻmondon qayerda? Kreml javob berishdan bosh tortmoqda

Rossiyalik general, Ukrainadagi birlashgan kuchlar sobiq qoʻmondoni Sergey Surovikin taqdiri hanuz nomaʼlumligicha qolmoqda.

Avvalroq, Surovikin qamalgani boʻyicha xabar tarqalgan, keyin bu inkor etilgandi.

Sergey Surovikin isyonchi Yevgeniy Prigojin bilan yaqin aloqada boʻlishda gumonlangan.

Bloomberg nashrining yozishicha, harbiy prokurorlar generalni Prigojin ishi boʻyicha soʻroq qilgan. Nashrga koʻra, Surovikin qamalmagan boʻlsada, maʼlum bir joyda ushlab turilibdi.

Yana bir gʻarb nashri — Financial Times Surovikin qamalganini iddao qilib chiqqandi. Bunga javoban generalning qizi murojaat bilan chiqib, otasining qamalganini tasdiqlamagan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov esa, mavzu yuzasidan savolga javob berishni istamagan va Rossiya mudofaa vazirligiga murojaat qilish kerakligini maslahat bergan.

Eslatib oʻtamiz, Sergey Surovikin 2022 yil oktabridan 2023 yil yanvargacha Ukrainadagi Rossiya qoʻshinlarini boshqargandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid