platina.uz

Oʻzbekistonda elektromobilga talab keskin ortib bormoqda

Oʻzbekiston 2023 yilning yanvar-may oylarida eng koʻp Xitoydan elektromobil import qilgan.

Iqtisod
30-iyun 2023 yil
Oʻzbekistonda elektromobilga talab keskin ortib bormoqda

Oʻzbekistonga 2023 yilning 5 oyida 10 ta xorijiy davlatdan elektromobil import qilgan.

Elektromobillar importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2846 taga yoki qariyb 4 barobarga oshgan.

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023 yilning yanvar-may oylarida eng koʻp Xitoydan elektromobil import qilgan.

Eng koʻp elektromobil import qilingan davlatlar:

— Xitoy – 3 480 ta

— Gonkong – 256 ta

— Germaniya – 42 ta

— BAA – 16 ta

— Koreya – 11 ta

— AQSh – 6 ta

Taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston 2022 yilda xorijdan qiymati 69,8 mln. AQSh dollariga teng boʻlgan 2 180 dona elektromobil import qilgan. (https://t.me/statistika_rasmiy/3209) Butun yil davomida esa Xitoydan 1941 dona elektromobil olib kirilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+