Okean tubidan “Titan” batiskafi sayohatchilari jasadlarining qoldiqlari topildi
Ekipaj aʼzolari “Titanik” kemasi halokatga uchragan joyga sayohatni maqsad qilgandi.

AQSh qirgʻoq qoʻriqlash xizmati “Titan” suv osti kemasida halok boʻlganlar va qurilmaning qoldiqlari topilganini eʼlon qildi.
Ekipaj aʼzolari “Titanik” kemasi halokatga uchragan joyga sayohatni maqsad qilgandi.
“Men ushbu muhim dalillarni topishda dengizning ekstremal masofalari va chuqurliklarida tiklash va saqlashda muvofiqlashtirilgan yordam uchun minnatdorman”, dedi kapitan Jeyson Noybauyer, "Titan" halokatini tekshirish komissiyasi rahbari.
Maʼlum qilinishicha, shifokorlar endi inson qoldiqlarini oʻrganishni boshlaydi. Ular vayronalar ostida aniqlangan jasadlarning “rasmiy tahlili”ni oʻtkazadi.
Avvalroq batiskafning dum konusini va korpusning boshqa qismlarini topilgani eʼlon qilingandi.
“Titan" ekipaji tarkibi quyidagi shaxslardan iborat edi: 58 yoshli britaniyalik tadbirkor va tadqiqotchi Hamish Xarding, 48 yoshli pokistonlik tadbirkor Shahzoda Dovud va uning 19 yoshli oʻgʻli Sulaymon, OceanGate direktori 61 yoshli Stokton Rash va 77 yoshli fransuz tadqiqotchisi Pol Anri Narjolet.
