Oʻzbekiston amalda tinchliksevar davlatga aylanyapti
Qiziq tomoni, AQSh va Rossiyaning koʻrsatkichlariga havas qilib boʻlmaydi.

Global Peace Index jahon tinchliksevar mamlakatlari reytingini eʼlon qildi, unda Oʻzbekiston 86-oʻrinni egalladi.
U roʻyxatda Marokashdan keyin va Gveniya-Bisaudan tepada joylashgan.
Taʼkidlash kerakki, besh yil avval, yaʼni 2018 yilda Oʻzbekiston 104-pogʻonani band etgandi.
Markaziy Osiyoda Qozogʻiston yaxshi natija koʻrsatgan: 76-oʻrin. Afgʻoniston soʻnggi, 163-pogʻonada qayd etilgan.
Yakuniy natijalarga koʻra, Islandiya dunyoning eng tinchliksevar davlati deb topildi. Undan keyin, Daniya, Irlandiya, Yangi Zelandiya va Avstriya joylashgan.
Qiziq tomoni, AQSh va Rossiyaning koʻrsatkichlariga havas qilib boʻlmaydi: ikki davlat mos ravishda 131 va 157-oʻrinni egallagan. Maqolada qayd etilishicha, dunyoda tinchlik koʻrsatkichi yomonlashib bormoqda. Sudan, Ukraina va Yaqin Sharqdagi mojarolar bunda asosiy rol oʻynagan.
