Dunyo siyosatchilari Shavkat Mirziyoyevga tabrik yubormoqda

Qurbon hayiti – Iyd al-Adha munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar kelmoqda.

Siyosat
28-iyun 2023 yil
Dunyo siyosatchilari Shavkat Mirziyoyevga tabrik yubormoqda

Dunyoning yetakchi musulmon rahbarlari prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga tabriklar yubormoqda. 

Jumladan, Mirziyoyev Misr prezidenti Abdulfattoh as-Sisi va Turkiya rahbari Rejep Tayyip Erdogʻan bilan telefon orqali muloqot qilib, oʻzaro tabrik almashishgan. 

"Qurbon hayiti – Iyd al-Adha munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar yetakchilari, nufuzli siyosat, jamoat va din arboblari, yetakchi xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriklar kelmoqda.

Qutlovlarda Oʻzbekiston yetakchisi va koʻp millatli xalqiga hurmat-ehtirom, tinchlik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan, mamlakatimiz bilan doʻstlik va koʻp qirrali hamkorlikni bundan buyon ham rivojlantirish va mustahkamlashga intilish tasdiqlangan", deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Jumladan, quyidagilar oʻz tabriklarini yoʻllagan:

Qozogʻiston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev;

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev;

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Qatar Davlati Amiri Tamim bin Hamad Ol Soniy;

Kuvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Oʻmon Sultoni Haysam bin Toriq Al Said;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;

Kuvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri oʻrinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha;

Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha Islom tashkiloti (ISESCO) bosh direktori Salim al-Malik;

Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, MDH Dinlararo kengashi hamraisi shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda, deyiladi xabarda.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+