platina.uz
Jamiyat

Birinchi jahon urushi tugagan kun

Platina.uz 28 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Birinchi jahon urushi tugagan kun

Platina.uz 28 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Bugun Qurbon hayiti kuni. Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashi Islom dini taʼlimotlari va mazkur maʼlumotlarga asoslangan holda diyorimizda Qurbon hayitining birinchi kuni 2023 yil 28 iyun kuniga toʻgʻri kelishi haqida qaror qabul qilgan.

1919 yil — Versal tinchlik shartnomasi imzolangan va Birinchi jahon urushi tugagan.

Voqealar

  • 1992 yil – Toshkentda Pokiston elchixonasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
  • 1994 yil – jahon chempionatida Rossiya terma jamoasi hujumchisi Oleg Salenko Kamerunga qarshi oʻyinda 5 ta gol urib, bitta oʻyindagi gollar soni boʻyicha turnir rekordini oʻrnatdi.
  • Ukraina Oliy Radasi yangi Konstitutsiya qabul qildi.
  • 1997 yil – uchinchi raund tugashiga 30 soniya qolganda, boks boʻyicha sobiq jahon chempioni Mayk Tayson chempionlik unvonini himoya qilgan Evander Xolifildning qulogʻini tishlab olgan. Jang toʻxtatilgan, biroq Taysonning ogohlantirishidan soʻng, hakam Leyn musobaqani davom ettirishga ruxsat berdi va Tayson yana uning qulogʻini tishladi. Jang toʻxtatildi va Tayson diskvalifikatsiya qilindi.
  • 2001 yil – Yugoslaviya va Serbiya davlat va siyosat arbobi, 1989-1997 yillarda Serbiya prezidenti (dastlab Yugoslaviya tarkibidagi Serbiya Sotsialistik Respublikasi), 1997-2000 yillarda Yugoslaviya Federativ Respublikasi (prezidenti Slobodan Miloshevich harbiy jinoyatlarda ayblanib, Gaagaga olib kelindi. Miloshevich Yugoslaviyaning qulashi va bu jarayonga hamroh boʻlgan qonli qurolli toʻqnashuvlarda markaziy shaxslardan biri edi. Slobodan Miloshevich Serbiya Sotsialistik partiyasining asoschilaridan biri va 1990 yilda tashkil topganidan to 2006 yilda vafotigacha uning birinchi rahbari edi. Slobodan Miloshevich Sobiq Yugoslaviya boʻyicha xalqaro tribunalning ayblanuvchisi edi. U 2006 yil 11 martda Gaagadagi qamoqxona kamerasida vafot etdi.
  • 2004 yil - Iroqda muvaqqat koalitsiya hukumati tuzildi.
  • 2018 yil – Oʻzbekiston Prezidentning “Ipak yoʻli” turizm xalqaro universitetini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
  • 2019 yil – Oʻzbekiston Prezidentining “Oʻsmirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori imzolangan.

Tavalludlar

  • 1928 yil — huquqshunos olim,Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, yuridik fanlari doktori, professor Gʻafur Abdumajidov;
  • 1954 yil — davlat va jamoat arbobi, 2017-2018 yillarda Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi raisi lavozimlarida ishlagan Rustambek Qurbonov.
Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid