platina.uz
Jahon

AQShning eng katta dushmani qaysi davlat ekani aytildi

Siyosatchining soʻzlariga koʻra, Vashington tinchlikni har qanday yoʻl bilan, jumladan, butun dunyo boʻylab ittifoqchilari yordamida ham saqlashi kerak.

AQShning eng katta dushmani qaysi davlat ekani aytildi

AQShning BMTdagi sobiq vakili, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Nikki Xeylining soʻzlariga koʻra, Xitoy AQSh uchun eng katta xavf sanaladi.

Xitoy hukumati oʻz xalqini Tayvanga qarshi urushga tayyorlamoqda, deya Xeylining soʻzlarini keltiradi Fox News. Siyosatchining soʻzlariga koʻra, Vashington tinchlikni har qanday yoʻl bilan, jumladan, butun dunyo boʻylab ittifoqchilari yordamida ham saqlashi kerak.

“Xitoy shunchaki “raqobatchi” emas. Kommunistik Xitoy dushman. Bu Ikkinchi jahon urushidan beri biz duch kelgan eng xavfli tashqi tahdid.

Kommunistik partiya yiliga 600 milliard dollarlik innovatsiyalarimizni oʻgʻirlamoqda. U Amerikaning qudratiga putur yetkazish uchun Amerika tadbirkorligidan foydalanmoqda. Va prezident (AQSh Jo Bayden) bunga yoʻl qoʻyib bermoqda ”, dedi Xeyli.

Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSh milliy xavfsizlikka jiddiy xavf tugʻdirishi sababli “Xitoy tahdidi”ga ham iqtisodiy, ham harbiy jihatdan javob berishi kerak.

"Xitoy bizning vatanimizga oʻzining shaxsiy oʻyin maydonchasi sifatida qaraydi", deya xulosa qildi AQSh prezidentligiga nomzod.

Eslatib oʻtamiz, AQSh-Xitoy munosabatlari hatto Qoʻshma Shtatlarning 45-prezidenti Donald Tramp davrida ham yomonlashdi, xususan, u Xitoy tovarlariga yangi bojlar joriy qilish orqali Xitoyga qarshi "iqtisodiy urush" boshladi. Bayden maʼmuriyati hokimiyatga kelganidan beri diplomatik munosabatlarni yaxshilashga urinishlariga qaramay, Vashingtonning Pekinga munosabati deyarli oʻzgarmadi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid