platina.uz
Jamiyat

Rossiyadagi YTHda oʻzbekistonliklar ham qurbon boʻldi

Honda Stepwgn mikroavtobusi va Hyundai Elantra oʻzaro toʻqnashib ketgan.

Rossiyadagi YTHda oʻzbekistonliklar ham qurbon boʻldi

Rossiyaning Samara viloyatida sodir boʻlgan toʻqnashuvda Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻlgan.

RIA "Novosti" maʼlumotiga koʻra, hodisa 27 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 02:30 da sodir boʻlgan. Honda Stepwgn mikroavtobusi va Hyundai Elantra oʻzaro toʻqnashib ketgan.

Hodisa oqibatida olti kishi halok boʻldi, yana sakkiz kishi eng yaqin shifoxonaga yotqizildi.

Hodisa oqibatida halok boʻlganlar va jarohatlanganlar ichida Oʻzbekiston fuqarolaridan tashqari qirgʻizistonliklar ham boʻlgan. Prokuratura avtohalokat yuzasidan tekshiruv boshladi.

Taxminlarga koʻra, YTH Hyundai haydovchisi aybi bilan sodir boʻlgan. U qarama-qarshi yoʻlga chiqib ketgan va toʻqnashuvni keltirib chiqargan.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid