platina.uz
Jamiyat

Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlangani tasdiqlandi

Bemorlarning 11 nafariga tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga javob berilgan.

Jizzaxda 57 kishi ovqatdan zaharlangani tasdiqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Jizzaxda odamlar ovqatdan zaharlangani xabari tasdiqlandi. Viloyat prokuraturasi bu haqda maʼlumot berdi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25-26 iyun kunlari 57 nafar fuqarolar viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga ich ketish va tana harorati koʻtarilishi shikoyatlari bilan murojaat qilishgan.

Dastlabki laboratoriya tekshiruvi xulosasiga koʻra, fuqarolarga “Oʻtkir diareya” ovqatdan zaharlanish tashxisi qoʻyilib, tibbiy muolajalarni amalga oshirish uchun barchasi shifoxonaga yotqizilgan, deyiladi prokuratura xabarida.

Bemorlarning 11 nafariga tibbiy yordam koʻrsatilib, uyiga javob berilgan, 46 nafari qoniqarli ahvolda.

Jizzax shahar prokuraturasi tomonidan oʻtkazilayotgan tergovga qadar tekshiruv davomida bemorlar Jizzax shahridagi oshxonalarning birida ovqatlanganligi aniqlanib, hodisa joyidan olingan oziq-ovqat mahsulotlarining namunalari boʻyicha va barcha bemorlarga nisbatan tegishli ekspertizalar tayinlanib, soha mutaxassislari jalb etilgan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid