Bugun jurnalistlarning kasb bayrami
Platina.uz 27 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.

Platina.uz 27 iyun sanasi bilan bogʻliq muhim voqeliklarni jamladi.
Bugun Oʻzbekistonda Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni. Bu kun Oʻzbekiston Prezidentining 1993 yil 24 iyundagi PF-613-sonli Farmoniga asosan bayram sifatida belgilangan.
Jahon baliqchilik kuni.
Mikro, kichik va oʻrta korxonalar kuni.
Voqealar
- 1615 yil – choy birinchi marta Yevropaga olib kelingan;
- 1693 yil – Londonda dunyoda birinchi boʻlib ayollar uchun jurnal chiqarildi.
- 1906 yil – Turkistonda birinchi jadid matbuot organi “Taraqqiy” gazetasi Toshkent shahrida Ismoil Obidov muharrirligida chop etila boshlangan.
- 1929 yil – Turkiyada prezident Mustafo Kamol kommunistik tashviqotga qarshi kurash boshladi.
- 1931 yil – AQShda birinchi vertolyot ixtirosi patentlandi.
- 1946 yil – AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va SSSR tashqi ishlar vazirlarining yigʻilishida oʻsha paytda Italiyaning bir qismi boʻlgan Dodekanes orollarini Gretsiyaga oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Shimoliy Italiya hududining bir qismi Fransiyaga oʻtkazildi.
- 1964 yil – Vashingtonda Taras Shevchenko haykali ochildi.
- 1967 yil – Londonning Enfild shahrida dunyodagi birinchi naqd pul beradigan bankomat oʻrnatildi.
- 1984 yil – futbol boʻyicha Yevropa chempionati finali boʻlib oʻtdi: Parijda fransuz jamoasi Ispaniya jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi.
- 1986 yil – Gaagadagi xalqaro sud Qoʻshma Shtatlar Nikaragua kontraslariga yordam bergani uchun xalqaro huquq va Nikaragua suverenitetini buzgan, deb qaror qildi.
- 1990 yil – Nikaraguadagi fuqarolar urushining tugashini anglatuvchi Nikaragua kontraslarini qurolsizlantirish uchun tantanali marosim boʻlib oʻtdi.
- 1997 yil – Tojikistonda fuqarolar urushi tugadi.
- 2018 yil – yurtimiz yoshlari hayotida yangi sahifa ochilgan kun sifatida tarixga muhrlandi. Oʻzbekiston Prezidenti farmoni bilan “Yoshlar – kelajagimiz” davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur hujjatning muhimligi shundaki, u joylarda yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, ularni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, yosh tadbirkorlarning istiqbolli gʻoyalari va loyihalarini roʻyobga chiqarish, shuningdek, yoshlar bandligini taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan tizimli muammolarni bartaraf etishga yoʻnaltirilgan edi.
- 2022 yil – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi: Kremenchugdagi savdo markaziga raketa hujumi, 19 kishi halok boʻldi.
Tavalludlar
- 1950 yil – aktrisa, yuzdan ortiq kino va multfilm qahramonlariga ovoz bergan ijodkor Oybarchin Bakirova;
- 1974 yil – oʻzbekistonlik olim, tibbiyot fanlari doktori, professor JasurRizayev;
- 1941 yil – oʻzbekistonlik pedagog, olim-agronom va senator Orziqul Soatov;
- 1958 yil – Oʻzbekiston xalq artisti Zamira Suyunova.




