Oʻzbekistonlik hoji Makkada yurak hurujiga uchradi
Bemor tekshiruvdan oʻtkazildi, keyin uning yuragiga stend qoʻyildi.

60 yoshli oʻzbekistonlik erkak Haj vaqtida yurak xurujiga uchrab, Makka shahrida kasalxonaga yotqizildi.
Shifokorlar tibbiy amaliyot davomida hojining hayotini saqlab qolishdi. Bu haqda mahalliy SPA axborot agentligi xabar bermoqda.
Oʻzbekiston fuqarosiga ikki tibbiyot muassasasi: Alnur ixtisoslashtirilgan shifoxonasi va Qirol Abdulla markazida tibbiy yordam koʻrsatilgan. Bemor tekshiruvdan oʻtkazildi, keyin uning yuragiga stend qoʻyildi.
Operatsiyadan soʻng hoji haj ziyoratinini davom ettirmoqda.
Eslatib oʻtamiz, iyun oyi boshida Din ishlari boʻyicha qoʻmita Haj ziyorati muddati boʻyicha maʼlumot bergandi. Shuningdek, noqonuniy yoʻl bilan ziyoratga bormoqchi boʻlganlar ogohlantirilgandi.