platina.uz
Jamiyat

“Moviy bayroqli sohil” – Bodrumning hayratlanarli sayohat manzillari haqida

Dunyoning eng goʻzal ikki dengizi Egey va Oʻrta Yer dengizining tutashish nuqtasida joylashgan Bodrumda 70 ga yaqin moviy bayroqli sohillar mavjud.

“Moviy bayroqli sohil” – Bodrumning hayratlanarli sayohat manzillari haqida

Dunyoning eng goʻzal ikki dengizi Egey va Oʻrta Yer dengizining tutashish nuqtasida joylashgan Bodrumda 70 ga yaqin moviy bayroqli sohillar mavjud. Moviy bayroq - dengizi eng toza boʻlgan sohillarga beriladigan tasdiq sertifikati boʻlib, bu hujjat Bodrumni Turkiyadagi eng nufuzli dengiz taʼtili oʻtkaziladigan manzillardan biriga aylantiradi.

Karakaya qishlogʻida (Gumushluk) qaroqchilardan yashirining

Karakaya qishlogʻining oʻta sokinligi siri bu bir vaqtlar qaroqchilardan yashirinish maqsadida boshpana boʻlib xizmat qilganligidadir. Qishloq Gumushluk yaqinidagi Peksimet togʻining narigi chekkasigacha choʻzilgan. Karakaya XVI asrda koʻrfazga qaragan tepalikda qurilgan. Sohildan yarim kilometr uzoqlikda joylashgan boʻlsada, yashirin joylashuvi tufayli qishloq aholisi tomonidan afzal koʻrilgan.

Shafqatsiz qaroqchilarning eʼtiboriga tushmaslikka harakat qilish, izsiz joylarda yashash - bu hikoyaning faqat bir qismi. Mahalliy aholi yashirinish uchun uylarini loy va somon bilan suvoq qilishgan. Taxminan oʻttiz yil avval tashlab ketilgan va taqdir izniga tashlab qoʻyilgan qishloq bugun sarmoyaviy va obodonlashtirish loyihalari bilan hayotga qaytdi. Qishloqdagi 60 dan ortiq xonadonning deyarli yarmida hayot boshlandi.

Karakaya qishlogʻi

Suvga shoʻngʻish orqali choʻkib ketgan samolyot halokatining guvohi boʻling

Suv tubiga shoʻngʻish ixlosmandlarining ajralmas manzili boʻlgan Bodrumda 20 dan ortiq shoʻngʻish nuqtalari mavjud. Riflar, gʻorlar va uchta choʻkib ketgan kemalar dengiz ostidagi yashirin dunyoning bir qismidir.

Bodrum yarim oroli koʻplab kichik va katta koʻrfazar bilan oʻralgan. Dengizning sayoz suvlari baliq, sakkizoyoq, dengiz oʻtlari va dengiz shimgichlarini tezda ilgʻab olishigizga yordam beradi.

Bodrumda suv osti gʻorlari, gʻarq boʻlgan kemalar va samolyot halokatlarini kashf qilishingiz mumkin. Ilgʻor gʻavvoslar qizil sher baliqlari, barrakudalar va gurflar atrofidan zigzag chiziqlar bilan aylanib oʻtib yoʻl topishga harakat qilishadi.

Akvalang yordamida suv ostida suzish

Butun kun davom etadigan qayiq sayohatiga qoʻshiling

Sahardan boshlanadigan va taxminan sakkiz soat davom etadigan bu turlarda Egey dengizining tiniq suvlarida suzish, qayiqda quyosh botishini kuzatish, ajoyib koʻrfazlar va goʻzal sohillarni ziyorat qilish orqali kuningiz bir umr unutilmaydigan xotiralarga boy boʻladi. Bodrumning maftunkor koʻrfaziga boʻlgan ushbu qayiq sayohati Bodrum taʼtilining eng unutilmas tajribalaridan biri boʻladi. Kruiz sayohati davomida tushlik beriladi. Bir stakan kokteyl bilan quyosh botishini tomosha qilish Bodrumdagi tungi hayotga qaytishdan oldin qilinadigan eng yoqimli faoliyatdir.

Bodrumning rang-barang, jonli kechalari tungi klublardan taralayotgan musiqa va raqs chiqishlari hamda koʻpikli shoulari bilan uzluksiz oʻyin-kulgilarni taqdim etadi. Aksariyat dam oluvchilar erta tongda mehmonxonalariga qaytadilar.

Qayiq sayohati

Bodrum suv osti arxeologiya muzeyiga tashrif buyuring

Bodrum suv osti arxeologiya muzeyi Bodrum (Avliyo Pyotr) qalʼasi ichida joylashgan. Qalʼa 1402-1409 yillarda Avliyo Ioann ritsarlari (Rodos ritsarlari) tomonidan qurilgan. Qalʼaning xonalari 1964 yilda tashkil etilganidan beri muzey sifatida ishlatilinadi.

Muzeyda kema halokatiga uchragan dengizchilarning shaxsiy buyumlaridan tortib, qadimiy qoldiqlar, choʻkib ketgan kemadagi shisha, mis va tilla buyumlar bilan birgalikda kolleksiya sifatida namoyish etilinadi. Bodrum suv osti arxeologiya muzeyida dunyodagi eng qadimgi kema halokatlaridan biri joylashgan.

Suv osti arxeologiya muzeyi

Bodrumda suv sportini sinab koʻring!

Bodrum goʻzal sohillari, moviy dengizlari va unutilmas quyosh botishi bilan muhtasham tabiat qoʻynidan joy olgan shahardir. Bodrum toʻlqinlarining ovozi va uning betakror manzarasi sizga unutilmas dam olish zavqini beradi. Bodrumdagi suv sportlari yoshi va tajribasidan qatʼiy nazar hamma uchun ochiq.

Yelkanlar, qayiq sayohatlari, shamol soʻrfingi, baliq ovlash, banansimon qayiqda sayr qilish, shnorkelli suzish, shoʻngʻish, suv changʻisi va “jet-ski” kabi turli xildagi suv sportlari Bodrumda suv sporti bilan shugʻullanmoqchi boʻlganlar uchun taklif qilingan faoliyatlardan baʼzilaridir.

Suv sporti

Bodrumda xarid qilish zavqi

Tarixiy Bodrum qalʼasi bilan antiqa manzaraga ega Bodrum bozorida esdalik sovgʻalari sotiladigan son-sanoqsiz doʻkonlarga duch kelasiz. Bodrumga xos suvenirlar, qoʻl sanʼatlaridan tortib, bozordagi stendlarda namoyish etilayotgan funksional mahsulotlarga qadar barchasi hamisha Bodrum taʼtilingizni va bu yerda oʻtkazgan yaxshi kunlaringizni eslatib turadi.

Xarid qilishda savdolashish odat tusiga kirgan boʻlsada, bu sizda ilk marta boʻladigan tajriba boʻlishi mumkin. Xarid paytida savdolashish ijtimoiy marosim hamda turk madaniyatining bir qismi boʻlib, xaridga oʻzgacha tus beradi. Shunday qilib, siz oʻzingiz xohlagan narsani eng qulay narxda sotib olishingizga amin boʻlishingiz mumkin.

Bodrumda xarid qilish

Bodrum shamol tegirmonlarini koʻring

Bodrumning ramzlaridan biri boʻlgan shamol tegirmonlari yarim orolning eski aholi punktida joylashgan. Shamol tegirmonlariga sayr qilish nafaqat hayotingizga kuch bagʻishlaydi, balki Turk yarim orolining tarixiy hududini ham kashf etasiz. Shamol tegirmonlari biz koʻnikib qolgan Bodrumning jonli, gavjum qismidan farqli oʻlaroq, port ortidagi ancha sokinroq joyda joylashgan.

Hududdagi eski binolarning ogʻir nostalgik muhiti sizni oʻziga jalb etadi va shaharning kundalik hayotidan xuddi meditatsiya qilayotgandek uzoqlashasiz. Dengizda yoki barlarda koʻproq vaqt oʻtkazgan boʻlsangiz ham, Bodrum shamol tegirmonlarida oʻtkazgan bir necha sokin daqiqalar sayohatingizning eng esda qolarli sahnasi boʻladi.

Shamol tegirmonlari

Avtomobilda Bodrum yarim oroliga sayohat

Bodrum markazidan tashqari, Bodrum yarim orolida qirgʻoq boʻylab turli yerlarda tarqalgan, kashf etilishini kutayotgan koʻplab yashirin burchaklar mavjud. Turgutreis va Yalikavak kabi tumanlar unutilmas quyosh botishi, musaffo havosi va yoqimli shamollari bilan mashhur.

Yalikavak

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid